1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmda direktor o‘qituvchilarga maktabni tozalattirdi

Shundan so‘ng maktab rahbari jazoga tortilgan.

Xorazmda direktor o‘qituvchilarga maktabni tozalattirdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 28-maktabda o‘qituvchilar maktabni tozalash ishlariga jalb qilingani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, tashkilot rahbari xodimlarni Mehnat kodeksining 115-moddasi (Ish vaqtining normal muddati)ga zid ravishda mehnat shartnomasida ko‘rsatilmagan, o‘z xizmat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilgani aniqlangan.

 

Shu sababli unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi (Mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bilan maʼmuriy jarima qo‘llangan. Bunda jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdori (330 ming so‘m)ning 5 baravaridan 10 baravarigacha etib ko‘rsatilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика