1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmda hokimlik xodimi pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Xorazmda hokimlik xodimi pora bilan ushlandi

Xorazm viloyati Urganch tumani hokimligi xodimi 1977-yilda tug‘ilgan shaxs bilan o‘zaro kelishgan holda, aldov yo‘li bilan xaridorning ishonchiga kirib, tuman hokimining 2018 yildagi qaroriga muvofiq, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari qurish maqsadida boshqa bir fuqaroga ajratib berilgan, biroq tasdiqlash uchun viloyat hokimining qarori chiqarilmasdan va tegishli tartibda kadastr xujjatlari ishlab chiqilmasdan, davlat ro‘yxatiga kiritilmay qolgan 1 gektar yer maydonida yengil tipdagi kottejlar qurish mumkinligini aytishadi.

 

Shuningdek, tuman hokimining 2018 yildagi qarorini joriy yilda qabul qilingan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiqlashtirib berishni maʼlum qilishadi.

 

Ammo, ular qo‘shtirnoq ichidagi xizmatlari evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilishib, oldindan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy sherigi bo‘lgan, kadastr va arxitektura faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy firma rahbari ham ushbu pul mablag‘idan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика