1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmda Mehribonlik uyidagi zo‘ravonlik: sobiq mansabdorlarning biri 2 yil, yana biri 3 yilga qamaldi

Avvalroq Toshkentda 17 yoshli qizga hujum qilgan yigit 10 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi.

Xorazmda Mehribonlik uyidagi zo‘ravonlik: sobiq mansabdorlarning biri 2 yil, yana biri 3 yilga qamaldi

 

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 aprel kuni Xorazmda Adliya va FVB boshliqlari Mehribonlik uyining 15-16-17 yoshli qizlarini 10 oy davomida zo‘rlab kelgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirgandi.

 

Shundan so‘ng, Oliy sud matbuot xizmati ayblanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi Toshkent shahar sudida ko‘rib chiqilishini aytgan.

 

Bugun, 3 noyabr kuni  JIB Toshkent shahar sudi appelyatsiya hayʼatida mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Inson huquqlar “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ijtimoiy tarmoq sahifasida eʼlon qildi. Xabarga ko‘ra, xorazmlik pedofillar sud zalidan qamoqqa olingan.

 

Xususan, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi sobiq rahbari Oybek Masharipov 3  yilga va Yangiariq tumani FVV sobiq boshlig‘i Anvar Kuryazov 2 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida internetda nomaʼlum shaxs maktabdan uyiga qaytayotgan qizning orqasidan kelib quchoqlab olgani, uning yuzidan o‘pgach qochib ketgani aks etgan video tarqalgandi. 8 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilib, 17 yoshli qizga hujum qilgan shaxs 10 yilga qamaldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика