1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmda metallomga topshirilgan snaryad portlab ketdi

Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

Xorazmda metallomga topshirilgan snaryad portlab ketdi

 

11-aprel kuni Xorazm viloyati, Yangiariq tumanidagi metallom qabul qilish shoxobchasida snaryad portlashi oqibatida 31 yoshli ishchi halok bo‘ldi. Portlash yig‘ilgan temirlar tushirilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

 

Vafot etgan O.B. ikki farzandning otasi bo‘lib, oila boquvchisi bo‘lgan. Internetda tarqalgan videoda uning onasi hodisa uchun mas'ullarga qat'iy jazo berilishini so‘radi.

 

Manbaga ko‘ra, portlagan snaryadlar Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanidagi harbiy xizmatchilardan noqonuniy tarzda sotib olingan. Voqeani o‘rganish chog‘ida shoxobchadan yana 30 ga yaqin snaryad topilgan.

 

Hozirda ish bilan harbiy prokuratura shug‘ullanmoqda. Harbiy xizmatchilar va metallom yig‘uvchilarga nisbatan tergov boshlangan, ayrim shaxslar qamoqqa olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика