1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmda o‘qituvchilar oyligidan ushlab qolinayotgani aytildi

Holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.

Xorazmda o‘qituvchilar oyligidan ushlab qolinayotgani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Bog‘ot tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi boshlig‘i tomonidan o‘qituvchilarning oylik maoshidan turli xil bahonalar bilan Ekologik partiya, Qizil yarim oy jamiyati uchun ushlab qolinayotganligi haqida xabar tarqaldi.

 

Oylik maoshlarini hisoblash vedemostlari o‘rganilganida o‘qituvchilarning oylik maoshlaridan Ekologik partiya, Qizil yarim oy jamiyati uchun mablag‘ ushlab qolinganligi holati o‘z isbotini topmagan.

 

Bog‘ot tumani hokimining 2024 yil 30 martdagi 1-11-01-sonli tavsiyaviy xati asosida tumandagi ayrim taʼlim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi xodimlarning ixtiyoriy ravishdagi arizalari asosida ularning oylik maoshidan mablag‘ ushlab qolinganligi aniqlangan.

 

Xususan, tumandagi mavjud taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan jami 4451 nafar xodimning 1025 nafaridan 76 605,8 ming so‘m mablag‘ xodimlarning rozilik arizasiga ko‘ra shanbalik uchun “Mahalla” xayriya jamg‘armasiga o‘tkazilganligi aniqlangan.

 

Ushbu holat o‘qituvchilarning roziligi asosida ixtiyoriy ravishda amalga oshirilgan bo‘lsada, endilikda ushbu mablag‘larni qaytarish bo‘yicha qayta vedemost shakllantirilib, o‘tkazilgan mablag‘larni qaytarib olish yuzasidan viloyat Nazorat taftish boshqarmasi bilan kelishilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика