1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmda pedofillarga tayinlangan yengil jazo bekor qilindi

6 aprel kuni ularning ishi sudda qayta ko‘rib chiqiladi.

Xorazmda pedofillarga tayinlangan yengil jazo bekor qilindi

 

Avvalroq Xorazm viloyatidagi Mehribonlik uyining voyaga yetmagan 3 nafar tarbiyalanuvchisi viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i va tuman FVB rahbari tomonidan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelingani, buning ortidan esa Mehribonlik uyi rahbari 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingani xabar qilingandi. Ammo mansabdorlarga nisbatan sud tomonidan yengil jazo tayinlangani jamoatchilik tomonidan keskin muhokamalarga sabab bo‘layotgandi. Holat bo‘yicha Oliy sud matbuot xizmati navbatdagi rasmiy munosabatini bildirdi.

 

Qayd etilishicha, bugun, 3 aprel kuni Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatiga Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi ajrimini A.M. va A.Q.ga oid qismini bekor qilgan. Ishni yangitdan apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rish uchun yuborish to‘g‘risida Xorazm viloyat prokuraturasi kassatsiya tartibidagi protest kiritgan.

 

Ushbu protest Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatida kassatsiya tartibida joriy yilning 6 aprel kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.

 

“Qo‘shimcha maʼlumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика