1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmda Tez yordam mashinalari bir necha oydan beri taʼmirtalab holatda yotgani aytildi

Holatga SSB rasmiy izoh berdi.

Xorazmda Tez yordam mashinalari bir necha oydan beri taʼmirtalab holatda yotgani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida “Tez yordam” mashinalari bir necha oydan beri nosoz holda yotgani, bunga esa ehtiyot qismlari yo‘qligi sabab ekani aytilgan xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, holat viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi  tomonidan tegishli tartibda o‘rganilgan. Respublika tez tibbiy yordam markazi Xorazm filialidagi maxsus va tez tibbiy yordam avtomashinalarini taʼmirlash autsorsing xizmatiga o‘tkazilgan bo‘lib, “Davlatli-Sardor servis” oilaviy korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Xususan, RTTYOM Xorazm filiali tomonidan 2023 yil 17 mayda 259270 LOT raqami orqali auksion savdolariga qo‘yilgan va 2023 yil 22 maydagi bayonnoma orqali “Davlatli-Sardor servis” oilaviy korxonasi bilan 2023 yil 29 mayda 2023 yilning may-dekabr oylarida avtomashinalarni taʼmirlash bo‘yicha 384  million so‘mga 21-sonli shartnoma tuzilgan. 

 

Autsorsing xizmati ko‘rsatuvchi korxona tomonidan avtoshina yetkazishda muammolar yuzaga kelganligi uchun filialning rivojlantirish jamg‘armasidan tez tibbiy yordam avtomashinalariga avtoshinalar yetkazib berish bo‘yicha birja savdolari orqali 2023 yil 26 iyulda MCHJ bilan shartnoma imzolangan bo‘lib, shartnomaga ko‘ra, avtoshinalar o‘n kun ichida yetkazib berilishi belgilangan.

 

Hozirgi kunda filialdagi nosoz avtomashinalar o‘rniga vaqtincha zaxira avtomashinalaridan foydalanilmoqda.

 

“Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi aralashuvi bilan  bugunning o‘zida 3 ta tez tibbiy yordam avtomashinasi taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi. Barcha nosoz avtotransportlar eng qisqa fursatlarda taʼmirlanib, ishga tushirilishi qatʼiy nazoratga olindi. Nosoz avtotransportlarni taʼmirlash jarayonini nazorat qilmaganligi va  muddatida foydalanishga topshirilishini taʼminlamagani uchun Respublika tez tibbiy yordam markazi Xorazm filiali masʼullariga  intizomiy choralar ko‘rildi”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика