1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmdagi bank binosida yong‘in chiqdi

Holat yuzasidan FVB maʼlumot berdi.

Xorazmdagi bank binosida yong‘in chiqdi

Hodisa bugun, 25 sentyabr kuni Urganch shahrida joylashgan bank binosining ijaraga berilgan yuqori qismida sodir bo‘lgan. 

 

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruvchilar soat 11:10 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:30 da o‘rab olingan va soat 12:22 da o‘chirilgan.

 

Yong‘in natijasida bino tom qismining taxminan 30 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan. Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb etilgan.

 

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика