1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmdagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Holat bo‘yicha viloyat FVB maʼlumot berdi.

Xorazmdagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 18 iyun kuni soat 02:30 da Hazorasp tumani “Bog‘dor” MFY hududida joylashgan “Hazorasp universal savdo kompleksi”AJ hududida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

 

Xabarga asosan yong‘in-qutqaruvchilar soat 02:35 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 04:04 da to‘liq bartaraf qilingan. Yong‘in-qutqaruvchilarning saʼy-harakatlari natijasida yong‘in maydonini boshqa do‘konlarga o‘tib, kengayishi va savdo kompleksi hududining 4,2 ming kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

 

Yong‘in natijasida 300 kvadrat metr maydonda aralash turdagi mollar savdo do‘konlari yonib zararlangan. Yong‘inning yuzaga kelish sababi hamda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Voqea joyiga viloyat FVB, IIB boshliqlari hamda tuman hokimi chiqqan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика