1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmdagi hibsxonasida muddati o‘tgan dorilar borligi aniqlandi

Shifokorlar bundan foydalanganmi? Ombudsman tekshiruv o‘tkazdi.

Xorazmdagi hibsxonasida muddati o‘tgan dorilar borligi aniqlandi

 

2023 yilning 4 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorov boshchiligida Hazorasp tumani IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.

 

Tekshirish davomida VSʼHda ushlangan va qamoqqa olingan shaxslar mavjud emasligi aniqlandi. Muassasadagi sharoitlar o‘rganilganda, advokat va ushlanganlarning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv xonalari tashkil etilgani va barcha kerakli jihozlar bilan taʼminlangani, surishtiruv xonasi video va audio yozish moslamasi bilan taʼminlangani hamda yuvinish xonalari sanitariya talabalariga javob berishi va soz holatda ekani maʼlum bo‘ldi.

 

VSʼHda birinchi tibbiy yordam uchun zaxiralab qo‘yilishi lozim bo‘lgan 60 xil turdagi dori-darmon vositalari mavjudligi tekshirilganda ularning baʼzilari yetishmasligi, mavjudlarining ayrimlarining amal qilish muddati o‘tgani aniqlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика