Bugungi kunda Germaniya, Isroil, Yaponiya, Rossiya, Latviya, Litva, Bolgariya, Polsha kabi davlatlarda tibbiyot, haydovchilik, qurilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning turli sohalarida bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda.
Bunda fuqarolar uchun tibbiyot, haydovchilik, qurilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning turli sohalarida bo‘sh ish o‘rinlari ko‘rsatilgan.
Ushbu bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha xorijiy tillarni biladigan va malakaga ega fuqarolar Agentlikka murojaat qilishlari mumkin.
Mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish borasida dunyoning ko‘plab rivojlangan davlatlari vakolatli tashkilotlari va salohiyatli ish beruvchilari bilan muzokaralar olib borilmoqda va fuqarolarni ushbu davlatlarga ishga jalb qilish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar hamda bo‘sh ish o‘rinlari haqida qo‘shimcha maʼlum qilinadi.
Agentlik faoliyatining mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish, moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha jami 42 mingdan ortiq fuqaroga xizmatlar ko‘rsatilgan. Shundan, 37 mingdan ortig‘iga maslahat xizmati, 1 ming 900 ga yaqiniga huquqiy, 2 ming 250 ga yaqiniga ijtimoiy, 700 ga yaqiniga moddiy, shundan, 423 nafariga qariyb 22 ming AQSH dollari miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Shuningdek, 28 nafar fuqaro vaqtinchalik xostellarga joylashtirilgan, og‘ir vaziyatlarga tushib qolgan 136 nafar yurtdoshimiz esa O‘zbekistonga olib kelingan.


