1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Xorijda noqonuniy bo‘lib turgan fuqarolarimiz borligi bizni tashvishga soladi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident mehnat migratsiyasi masalasida elchixonalar va konsulliklar faoliyatini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

“Xorijda noqonuniy bo‘lib turgan fuqarolarimiz borligi bizni tashvishga soladi” — Shavkat Mirziyoyev

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijda, jumladan Yevropa davlatlarida noqonuniy holatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari masalasi jiddiy tashvish uyg‘otayotganini bildirdi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq muammolarga tizimli va faol yondashuv talab etiladi.

 

Shu munosabat bilan, bundan buyon migratsiya oqimi ortib borayotgan davlatlarda, ayniqsa Yevropada, mehnat migrantlari bilan ishlash elchixonalardagi konsullarning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. Prezident bu yo‘nalishda diplomatik vakolatxonalar mas’uliyatini oshirish zarurligini qayd etdi.

 

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili Rossiyada 150 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan “migratsiya amnistiyasi” qo‘llanilishiga erishilgan. Shu bilan birga, boshqa davlatlarda ham fuqarolarimizning qonuniy asosda mehnat qilishi uchun sharoit yaratish, bu borada xorijiy tomonlar bilan muzokaralarni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.

 

Prezident, shuningdek, chet eldagi fuqarolarni konsullik hisobiga qo‘yish tartibini yanada soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Ayni paytda, fuqarolar o‘zlari bo‘lib turgan mamlakat qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilishi lozimligi ham alohida qayd etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика