1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Xorijdagi saylov jarayonlarining so‘nggisi AQShda ertaga yakunlanadi

O‘zbekistonning 39 ta xorijiy davlatlardagi elchixona va bosh konsulxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan.

Xorijdagi saylov jarayonlarining so‘nggisi AQShda ertaga yakunlanadi

 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyev Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida xorijda ovoz berish jarayonlari to‘g‘risida brifing o‘tkazdi.

 

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonning 39 ta xorijiy davlatlardagi elchixona va bosh konsulxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkalari tashkil etildi.

 

Hozirgi vaqtda, 39 ta xorijiy davlatdagi yurtimizning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida tashkil etilgan 56 ta saylov uchastkalarida saylov jarayonini o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

 

Xorijdagi saylov jarayonlarining dastlabkisi 9-iyul kuni O'zbekistonning Yaponiya va Koreyadagi diplomatik vakolatxonalarida Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlanib, so‘nggisi Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi vakolatxonalarda 10-iyul soat 05:00 da yakunlanadi.

 

Hozirgi vaqtga kelib, dunyoning aksariyat davlatlarida, jumladan, O‘rta va Yaqin Sharq, Osiyo va Tinch Okeaniya , Yevropa davlatlari, Rossiya va barcha qo‘shni mamlakatlarda  ovoz berish jarayonlari boshlangan va davom emoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика