1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Xorijdagi saylovchilar elektron ro‘yxatini tuzish uchun maxsus sayt tashkil etildi

O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatadigan 37 mamlakatda 54 ta statsionar saylov uchastkalari tashkil etilishi kutilmoqda.

Xorijdagi saylovchilar elektron ro‘yxatini tuzish uchun maxsus sayt tashkil etildi

 

 

Xorijda saylovchilarning elektron ro‘yxatini tuzish uchun saylov.mfa.uz maxsus sayti ishga tushirildi. Bu haqda TIVda o‘tkazilgan “O‘zbekiston prezidenti saylovini xorijiy ommaviy axborot vositalarida yoritilishi” mavzusidagi davra suhbatida maʼlum qilindi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatadigan 37 mamlakatda 54 ta statsionar saylov uchastkalari tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu davlatlarning boshqa shaharlarida hamda diplomatik vakolatxonalar mavjud bo‘lmagan 12 ta xorijiy davlatlarda qo‘shimcha ravishda jami 321 ta muddatdan oldin ovoz berish uchun ko‘chma saylov uchastkalarini tashkil etish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari chet eldagi o‘zbek diasporasi tuzilmalari, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari ishlayotgan tashkilot va kompaniyalar bilan aloqa o‘rnatgan. Xorijdagi saylovchilar ro‘yxatini tuzish ishlari davom etmoqda.

 

Avvalroq Markaziy saylov komissiyasi beshta siyosiy partiya — Ekologik partiya, XDP, O‘zLiDeP, «Milliy tiklanish» va “Adolat” partiyalariga oktyabrdagi prezident saylovida qatnashishga ruxsat bergani hamda Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov prezident saylovlarida qatnashadigan nomzodlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan talablarda o‘zgarish yo‘qligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovlari 2021 yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика