1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Xorijga ketayotgan shaxsda 290 dona turli yillarda zarb etilgan qadimiy tangalar borligi aniqlandi

Qadimiy tangalarni olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Xorijga ketayotgan shaxsda 290 dona turli yillarda zarb etilgan qadimiy tangalar borligi aniqlandi

 

Unda aytilishicha, Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijga uchib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro A.A. ning xatti-harakatlari bojxonachilarda shubha uyg‘otgan.

 

Ushbu shaxs o‘rnatilgan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilganida yonida 290 dona turli yillarda zarb etilgan qadimiy tangalar borligi aniqlangan.

 

Tangalarning asosiy qismi sobiq ittifoq davrida zarb etilgan bo‘lib, yurtimiz tarixiga oid madaniy boyliklar turkumiga kiradi.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq tarixiy buyumlarning xorijga olib chiqib ketish holati aniqlangani, Toshkent xalqaro aeroportida noyob sudralib yuruvchi jonzotlarni olib chiqib ketishga uringan shaxs to‘xtatib qolingani hamda “Ayritom” chegara bojxona postida Makarov to‘pponchasiga mo‘ljallangan jangovar patronning harakatiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика