1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorijliklar o‘zbek so‘mini yoqib, olovida tamaki tutatdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Xorijliklar o‘zbek so‘mini yoqib, olovida tamaki tutatdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy fuqarolar tomonidan 2000 so‘mlik banknota yoqilgani aks etgan video tarqaldi. Videoda uch nafar shaxs banknotani olovga tutib, undan sigaret yoqib olayotgani va kulib suhbatlashayotgani ko‘rinadi. Suhbat ohangiga ko‘ra, ularning xitoylik ekani taxmin qilinmoqda.

Mazkur video “Kichik Se” nomli akkaunt orqali WeChat ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirilgan. Kun.uz manbasiga ko‘ra, videodagi shaxslar Toshkent viloyatida joylashgan korxonalardan birida ishlovchi Xitoy fuqarolari hisoblanadi.

Kadrlar davomida ular O‘zbekiston milliy valyutasi — 2000 so‘mlik kupyurani yoqib, uning olovida sigaret tutatgani, bu holatni kulgi bilan qarshi olgani tasvirlangan. Ushbu harakat ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Qonunchilikka ko‘ra, bunday xatti-harakatlar jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin. Jinoyat kodeksining 215-moddasida davlat ramzlariga hurmatsizlik uchun jarima, majburiy jamoat ishlari yoki axloq tuzatish ishlari belgilangan. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy valyutasida davlat gerbi tasviri mavjud.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика