1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xotin-qizlar qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi

Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi joriy etildi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi

 

Prezidentimizning joriy yilning 21-dekabrdagi “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi.

 

Qo‘mita faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi joriy etildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlari – viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimi, tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari – tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari lavozimi kiritildi.

 

Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

 

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi 2022 yil mart oyida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tarkibida tashkil etilgandi. 2022-yil dekabridagi islohotlar vaqtida qo‘mita Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tarkibiga o‘tkazildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика