1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Xotin-qizlarga taʼlim tashkilotlarida o‘qish uchun imtiyozli kreditlar beriladi

Kreditning asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Xotin-qizlarga taʼlim tashkilotlarida o‘qish uchun imtiyozli kreditlar beriladi

 

Tijorat banklari tomonidan xotin-qizlarning respublikadagi barcha xususiy, xorijiy, davlat oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar taʼlim muassasalarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllarida to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olishlari uchun 14 foizli kreditlar ajratilishi qayd etilmoqda.

 

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

 

Taʼlim kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarini qaytarish Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditlarini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Xususan, taʼlim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi.

 

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика