1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xuddi kinolardagidek. O‘zbek yigiti koreyalik ayolni qutqarib qoldi

Ayni paytda ayol tanasining ikkinchi darajali kuyish jarohati bilan kasalxonada davolanmoqda.

Xuddi kinolardagidek. O‘zbek yigiti koreyalik ayolni qutqarib qoldi

 

Janubiy Kyonsan viloyatining Yansan shahridagi restoranlardan birida sodir bo‘lgan yong‘inda 40 yoshli o‘zbekistonlik o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, 69 yoshli koreyalik ayolni qutqardi. Bu haqda Janubiy Koreya nashri xabar berdi.

 

Yong‘in dushanba kuni soat 18:44 atrofida Yansanning Bukbu-dong shahridagi keksa er-xotin tomonidan boshqariladigan restoranda sodir bo‘lgan.

 

Ayolning 70 yoshlardagi turmush o‘rtog‘i yong‘in boshlanishidan oldin restorandan chiqib ketgan va shiddatli yong‘in tufayli ichkariga kira olmagan. Shu payt qo‘shni uyda yashovchi O‘zbekiston fuqarosi yonayotgan restoran ichkarisiga kirib, ayolni qutqarib qolgan.

 

Ayni paytda ayol tanasining ikkinchi darajali kuyish jarohati bilan kasalxonada davolanmoqda. Ayolni qutqargan o‘zbekistonlik shisha sinishidan yengil tan jarohati olgan. Unga ham birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика