1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

XVJ kutilmaganda Rossiya uchun prognozlarini yaxshiladi

Ukraina mojarosining dunyo iqtisodiyotiga taʼsiri tahlil qilindi.

XVJ kutilmaganda Rossiya uchun prognozlarini yaxshiladi

 

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Rossiya-Ukraina mojarosining dunyo iqtisodiyotiga taʼsiri bo‘yicha yangi prognozlarini eʼlon qildi.

 

Xususan, 2022 yilda global YаIM o‘sishi 3.2 foizgacha, 2023 yilda esa 2.7 foizgacha sekinlashadi. Bu 2011 yildan buyon kuzatilayotgan eng yomon natija.

 

Harbiy mojaro eng ko‘p Ukraina iqtisodiyotiga zarba beradi: u bu yil 35 foizga pasayishi kutilmoqda. Yevropa uchun esa Rossiya bilan "energetik urush" qo‘shimcha tahdid sifatida qayd etilgan.

 

Eʼtiborli tomoni, XVJ Moskva bo‘yicha prognozlarini yaxshiladi. Unga ko‘ra, bu yil rus iqtisodiyotining 3.4 foizga (iyunda 6 foiz deb taxmin qilingandi), keyingi yilda esa 2.3 foizga pasayishi maʼlum qilingan. Bu Rossiya hukumati prognozlariga mos keladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика