Prezident ta’lim muassasalari agentligi va axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ta’lim tadqiqotchisi Andreas Shlyayxerning "Jahon miqyosidagi ta’lim. XXI asr maktab tizimini qanday barpo etmoq kerak?" nomli kitobi 5000 nusxada chop etildi.
Andreas Shlyayxerning ushbu asari ta’lim tizimiga daxldor barcha uchun ta’limning maqsad va mohiyatini chuqur anglash, o‘z ta’lim tizimini isloh qilayotgan mamlakatlar tajribasidan foydalanish, tahlil qilish imkonini beradi.
Asar O‘zbekistondagi ta’lim tizimini takomillashtirish uchun nafaqat davlat miqyosida, balki maktab darajasida samarali qarorlarni qabul qilish hamda ta’lim jarayonini XXI asr talablari asosida tashkil etishda beminnat ko‘makchi bo‘la oladi.
Ushbu kitob yurtimizdagi ta’lim tashkilotlariga bepul tarqatiladi.


