1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Yakkabog‘da xotinini vahshiylarcha o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi

U sobiq turmush o‘rtog‘ining ko‘zini o‘yib, yuragiga pichoq sanchib o‘ldirgan.

Yakkabog‘da xotinini vahshiylarcha o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi

 

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi “Uyg‘ur” mahallasida o‘tgan yilning 21-oktabrida fuqaro U.E. mast holda turmush o‘rtog‘i G.H. bilan janjallashib, uni bir necha bor urib, o‘ldirib qo‘ygan erkakka sud hukmi o‘qildi

 

Xabar berilishicha, sudlanuvchi U.E.ga Jinoyat kodeksi 97-moddasi 1-qismi bilan 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

«Hammadan kechirim so‘rayman, Prezidentimdan kechirim so‘rayman birinchi o‘rinda. Men bu urishimda o‘lib qoladi, deb o‘ylamaganman. Bunday niyatim ham bo‘lmagan», — degan erkak.

 

Lekin Marhumaning otasi K.H.ning so‘zlariga ko‘ra, kuyovi «qizini vahshiyona tarzda urib o‘ldirgan — boshiga qattiq jism bilan urib, bosh suyaklari va burnini sindirgan, ko‘zini o‘yib olgan, yurak qismiga pichoq sanchib, qiynab, qizining hayotiga nuqta qo‘ygan. Bunga asosi ham borligini aytib o‘tdi.

 

Eslatib o‘tamiz, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) alomatlari bilan ish ochilgan, gumonlanuvchi U.E. qamoqqa olingan. Bu haqda viloyat prokuraturasi oradan bir oy o‘tib, 22 noyabr kuni — “Daryo” so‘rovidan so‘ng axborot bergan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика