1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yaman xusiylari Saudiya neft obyektlariga hujum qildi

Hujum qanotli raketalar yordamida amalga oshirilgan.

Yaman xusiylari Saudiya neft obyektlariga hujum qildi


Yamanning xusiylar harakati Saudiya Arabistoniga raketa zarbalari berdi. Bu haqda harakat rasmiy vakili Yahyo Saria ma’lum qildi.


Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum "Qamalni yorib o‘tish — 2" operasiyasi doirasida amalga oshirilgan. Zarbalar Jizondagi strategik obyektlarga berilgan. Shuningdek, Jiddada joylashgan dunyodagi eng yirik Saudi Aramco neft kompaniyasiga ham zarar yetkazilgan.

Zarba kompaniyaning neft taqsimlash stansiyasiga berilgani aytilmoqda.
Arab koalisiyasi davlatlari yakshanbaga o‘tar kechasi Qizil Dengiz sohilidagi Ash-Shukik va Jizondagi Saudi Aramco ob’yektlariga dronlar va ballistik raketalar yordamida hujum bo‘lganini, ammo ularning barchasi urib tushirilganini ochiqlagan.


Saudiya Arabistoni energetika vazirligi Yanbu shahridagi neft qayta ishlash zavodi faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilganini e’lon qilgan.

Avvalroq xusiylar BAAga ham hujum uyushtirgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика