1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Yana bir viloyatda o‘quvchi kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga Paxtabod tuman XTB munosabat bildirdi.

Yana bir viloyatda o‘quvchi kaltaklandi

 

Andijon viloyat xalq taʼlim bo‘limining maʼlum qilishicha, holat 28 aprel kuni tumandagi 13-umumtaʼlim maktabida sodir bo‘lgan. Mazkur voqeada 10-sinf o‘quvchisi A.R. rus tili fani o‘qituvchisi S.J.ning sinfxonaga kirish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasiga qo‘pol ravishda javob qaytargan. S.Jning o‘quvchining qo‘pol muomalasiga javoban ko‘z qismiga urib tan (bir marotaba) jarohat yetkazgan.

 

S.J. maktabning ichki tartib qoidalariga rioya etishi bo‘yicha qatʼiy ogohlantirilgan, o‘quvchi A.R maktab ichki tartib qoidalariga rioya etmagani va ustozlariga nisbatan odob-ahloq qoidalariga zid ravishda muomala qilgani sabab tushuntirish ishlari olib borilgan.

 

Holat yuzasidan o‘sha vaqtda tuman xalq taʼlimi bo‘limi ishchi guruh tuzib, atroflicha o‘rganilgan va o‘qituvchiga tegishli tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика