Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmda 11 nafar erkak 2006 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani haqida xabarlar tarqaldi.
Ombudsman matbuot kotibi Fotima Madrahimovaning aytishicha, mazkur masala bo‘yicha Bola huquqlari bo‘yicha vakilga murojaat kelib tushgan. Shundan so‘ng, Bolalar ombudsmani ushbu murojaatni joyiga chiqib o‘rgangan. Holat yuzasidan 3 nafar erkak hibsga olingan. Ammo, 11 nafar erkak zo‘rlagani haqidagi xabar hali aniq emas. Bu bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.
O‘rganish natijalari bo‘yicha Bosh prokuratura va IIVga murojaat yuborilgan.
IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov holat yuzasidan hujjatlar sudga berilgani, jinoyat ishi tafsilotlarini maʼlum qilolmasligini aytdi. Uning aytishicha, ish sudda ko‘rilganidan so‘ng maʼlumotlar ochiqlanadi.


