1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangi audiovizual radiostansiya o'z ishini boshladi

Radiostansiya Yevropa va Amerikada ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.

Yangi audiovizual radiostansiya o'z ishini boshladi

 

Bugun BHH biznes markazida TEMP FM yangi audiovizual radiostansiyasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda media hamda marketing sohasi mutaxassislari, davlat tashkilotlari xodimlari, shuningdek, yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

 

TEMP FM jamoasi ochilish marosimi munosabati bilan efir mehmonlari va tinglovchilar uchun ko'plab kutilmagan sovg'alarni o'z ichiga olgan maxsus dasturni taqdim etdi.

 

TEMP FM yangi va original loyihalar orqali media makonda yangilik yaratishni maqsad qilgan bo'lib, yosh iste'dodlar va ko'pchilik uchun sevimli bo'lgan ijrochilarning radioefirda jonli ijrodagi konsert dasturlarini taqdim etadi. Radio jonli ijroning targ'ibotchisi bo'lib, an'anaviy radiostranslyatsiya haqidagi stereotiplarni o'zgartirish va uning formatini kenggaytirishni o'zining oldiga maqsad qilib qo'ygan.

 

TEMP FM bundan avval "Navro'z" radiostansiyasiga tegishli bo'lgan 88.4 chastotasida efirga chiqadi. Radiostansiya Yevropa va Amerikada ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalardan foydalanib, Markaziy Osiyo davlatlari orasida yuqori sifatli efirlardan birini taqdim etadi. Radioeshittirishlar nafaqat FM diapazonida audio shaklida, balki video ko'rinishida onlayn Instagram va YouTube orqali amalga oshiriladi. Bu esa o'z navbatida tinglovchilarga vizual kontentdan ham bahramand bo'lish imkoniyatini beradi.

 

Radiostansiya jamoasi YouTube tarmog'ida o'z kontentlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratadi, va bu jarayonni alohida yo'nalishga aylantirishni rejalashtirgan. TEMP FMda tajribali va yorqin radioboshlovchilar, shu soha mutaxassislari faoliyat olib borishadi. Bu esa yuqori darajadagi kreativ va professionallikni kafolatlaydi.

 

Radioning asosiy maqsad vazifalaridan biri madaniy rivojlanish. Bunda mahalliy musiqa va ijodiy iste'dodlarni qo'llab-quvvatlash hamda ularni ommalashtirish uchun platforma yaratish. Shuningdek, tinglovchilarning ta'lim olishi va madaniy rivojlanishiga ko'maklashuvchi shoularni taqdim etish, tinglovchilarga nafaqat radioefirni tinglash, balki uni tomosha qilish imkoniyatini yaratib, yangi texnologiyalar va formatlarni joriy etish, uni yanada interaktiv va qiziqarli qilishdan iborat..

 

TEMP FMning bugungi kundagi asosiy loyihalaridan biri - har juma kuni o'tkaziladigan turli musiqiy guruhlarning jonli ijrodagi LIVE-konsertlaridir. Yaqin kunlarda radiostansiya tinglovchilar uchun haqiqiy yangilik bo'lishi kutilgan mualliflik va eksklyuziv dasturlarni ishga tushurishni rejalashtirmoqda.

 

"Bugun - "BHH" xoldingining rivojlanishidagi yangi bosqich. TEMP FM - bu oddiy radiostansiya emas, balki media makonida innovatsiyalar va sifatga intilishimizning timsolidir. Ishonamizki, TEMP FM nafaqat tinglovchilarimiz uchun ilhom manbai, balki zamonaviy musiqa, madaniyat va yangiliklar olami sari yo'lboshchi ham bo'la oladi", — dedi "BHH" Xolding asoschisi Bakzod Xamzayev.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика