1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangi haftada Quyosh tutilishi kuzatiladi

Astronomik hodisa Toshkentda 2 soat davom etadi.

Yangi haftada Quyosh tutilishi kuzatiladi

 

25-oktyabr kuni qisman Quyosh tutilishi hodisasi kuzatadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, ushbu astronomik hodisani Islandiya va Grenlandiya oroli, Afrikaning shimoli-sharqiy qismi, Yevropa, Yaqin Sharq, G‘arbiy Sibir va O‘rta Osiyo mamlakatlari aholisi kuzatishi mumkin.

 

Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 15:23 da boshlanib, maksimal fazasi 16:34 ga to‘g‘ri keladi. Shu paytda Oy Quyosh yuzasining 68 foizini to‘sadi va bu vaqtda Quyoshning gorizontdan balandligi 21 gradusni tashkil qiladi. Toshkent shahrida Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat 4 daqiqani tashkil etadi. Soat 17:38 da Quyosh tutilishi yakunlanadi, biroq Quyoshning botish vaqti 17:27 ga to‘g‘ri keladi.

 

Maʼlumot uchun: qisman Quyosh tutilishi deb Quyosh yuzasining maʼlum bir qismi Oy tomonidan to‘silish holatiga aytiladi. Quyosh tutilishining qisman bo‘lishi Oy va Quyosh markazlarining ustma-ust tushmasdan to‘silishi bilan izohlanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика