Ma’lumotlarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.Sh. o‘z uyida yashirin tarzda ishlab chiqarib, “Piratsetam” dori vositasini qimmat narxlarda o‘tkazish maqsadida “Panavir” nomi ostida qayta qadoqlab ishlab chiqarayotganligi aniqlangan.
Tekshiruv davomida 672 quti “Piratsetam”, 299 quti “Panavir” nomi tushirilgan dori vositasi hamda 12 750 dona yorliq va 2 550 dona dori vositasi o‘rovi uchun maxsus quti ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


