1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Yangi O‘zbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro bosqichga chiqmoqda

Bu yilgi marosimda ilk bor xorijdagi o‘zbek madaniyati targ‘ibotchilari alohida nominatsiya bilan taqdirlanadi.

“Yangi O‘zbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro bosqichga chiqmoqda

 

“Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofoti bu yil to‘rtinchi bor o‘tkaziladi va avvalgilardan farqli ravishda xalqaro ruhda tashkil etilishi kutilmoqda. Tashkilotchilar tanlov doirasiga bir qator yangiliklarni joriy etib, mukofotni mintaqaviy emas, balki xalqaro darajaga olib chiqishni maqsad qilgan.

 

Jumladan, ilk bor “Yilning eng yaxshi xorijdagi o‘zbek madaniyati targ‘ibotchisi” nominatsiyasi ta’sis etildi. Ushbu yo‘nalish dunyo bo‘ylab o‘zbek madaniyati va san’atini faol targ‘ib qilayotgan xorijiy fuqarolarni rag‘batlantirishga qaratilgan. Shu munosabat bilan marosimda bir qator nufuzli xalqaro mehmonlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

 

Xalqaro mehmonlar orasida 2025-yilda mashhurlikka erishgan “Homay” qo‘shig‘i ijrochilari — Boshqirdistonning “Ay Yola” guruhi, Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nigina Amonqulova, Ozarbayjon xalq artisti Mensum Ibrohimov hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon xalq artisti Gulyanaq Memedova bor. Ularning ishtiroki marosimga alohida bayramona kayfiyat bag‘ishlashi kutilmoqda.

 

Bugungi kunga qadar mukofot doirasida 20 ta nominatsiya bo‘yicha 60 nafar ijodkor taqdirlangan. Ayni paytda esa Milliytanlov.uz platformasi orqali navbatdagi 20 ta nominatsiya bo‘yicha ovoz berish jarayoni davom etmoqda. G‘oliblar maxsus statuetka, sertifikat va bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Tantanali taqdirlash marosimi 28-yanvar kuni Toshkentdagi “Renessans Hall”da bo‘lib o‘tadi va soat 19:00 da ZO‘R TV orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика