Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan turar joy chuqurida ishchini tuproq bosib qoldi. FVV qutqaruvchilari esa uning hayotini saqlab qoldi.
Soat 17:05 da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Toshkent shahar Yakkasaroy tumani "Dilbuloq" MFY hududida bir nafar fuqaroni yangi qurilayotgan turar joy majmuasi chuqurida payvandlash ishlarini olib borayotgan vaqtida tuproq bosib qolgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
Aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Olib borilgan harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga yuborilgan.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda fuqaroning ahvoli yaxshi, u shifokorlar nazoratida


