1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangi uy-joy sotib olgan aholiga QQSning yarmi qaytariladi

Yillik avtomobil ishlab chiqarish hajmi 1 mln donaga yetkaziladi.

Yangi uy-joy sotib olgan aholiga QQSning yarmi qaytariladi

O‘zbekistonda yangi 4 ta nufuzli xorijiy kompaniyaning loyihalari ishga tushirilib, avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo‘ladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

 

O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, respublikada 4 ta nufuzli xorijiy kompaniyaning loyihalari ishga tushirilib, avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo‘ladi va ishlab chiqarish hajmi yillik 1 million donaga yetkaziladi. Hozirda ushbu ko‘rsatkich 350 mingtani tashkil etadi.

 

Qayd etilishicha, bunda, yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqariladi. Shuningdek, Toshkent – Samarqand, Navoiy – Buxoro yo‘nalishlarida qo‘shimcha tezyurar temir yo‘llari quriladi hamda temir yo‘l sohasiga xususiy sektor jalb qilinib, xizmatlar sifati raqobatbardosh narxlar asosida belgilanadi. 2030 yilga qadar tuman markazlaridan har bir qishloqqacha – jami 5,5 ming kilometr syement-beton yo‘llar quriladi va jamoat transporti bilan to‘liq qamrab olinadi.

 

Bundan tashqari, Toshkent – Samarqand va Toshkent – Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlarida xususiy sheriklik asosida yangi avtomobil yo‘llari qurilishiri rejalashtirilgan. Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, 2024 yildan boshlab, yangi uy-joy sotib olgan aholiga, qo‘shilgan qiymat solig‘ining yarmi qaytarib beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика