1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkentda ayrim ko‘chalar yopiladi

Poytaxt hokimligi bayram tadbirlari va aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida transport harakatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishini maʼlum qildi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkentda ayrim ko‘chalar yopiladi

 


Toshkent shahrida Yangi yil bayrami munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi. Cheklovlar bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish, ularni yuqori saviyada o‘tkazish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida joriy etilmoqda.


Maʼlum qilinishicha, 15 dekabrdan 15 yanvargacha O‘zbekiston Milliy kutubxonasi old maydonida joylashgan bir qator ko‘chalar yopiladi. Xususan, Zarafshon ko‘chasining Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi qo‘riqlash punktidan Matbuotchilar ko‘chasigacha bo‘lgan qismi, Istiqlol ko‘chasining Amir Temur shoh va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘i, shuningdek, Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismida harakat cheklanadi.

 

Shuningdek, 17 dekabrdan 5 yanvargacha Taras Shevchenko gastronomik-turizm ko‘chasida ham vaqtinchalik cheklovlar amal qiladi. Bu davrda Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha, hamda Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasidan Amir Temur shohko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi. Haydovchilardan o‘z harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘raldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика