1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Yangi yil tadbirlari faqat boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun o‘tkaziladi

Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari Vahob Rajabov mahalliy boshqarmalar rahbarlari va vazirlik tasarrufidagi maktablar rahbarlariga murojaat qildi.

Yangi yil tadbirlari faqat boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun o‘tkaziladi

 

Ushbu xat Xorazm viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati tomonidan eʼlon qilindi.

 

Vazirlik umumtaʼlim maktablarida Yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq quyidagi holatlar taqiqlanganini maʼlum qildi:

 

  • yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish;

  • bayram tadbirlarini o‘tkazish maqsadida ota-onalardan turli xil noqonuniy pul yig‘imlarini amalga oshirish;

  • maktab foyesi va sinf xonalarni sunʼiy archa va elektr chiroqlari bilan bezash.

 

 

Shuningdek, umumtaʼlim maktablarida Yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq quyidagi holatlarga ruxsat berildi:

 

  • istisno tariqasida faqatgina boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga sinf rahbari hamda ota-onalar ishtirokida karantin qoidalariga rioya qilgan holda o‘z sinf xonalarida dars jarayonlariga halaqit bermagan holda bayram tadbirlarini o‘tkazishga;

  • maktab foyesi va sinf xonalarni faqatgina o‘quvchilar qo‘l mehnati bilan yasalgan turli bezaklar bilan bezatishga;

  • maktab hovlisida Yangi yil archasini bezashga. 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktab o‘quvchilari uchun qishki taʼtil 28 dekabrdan boshlanishi haqida xabar berilgandi

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика