KXDR yangi ballistik raketa sinovlarini o‘tkazdi. Bu haqda Yonxap agentligi xabar berdi.
5-yanvar kuni tongda Yapon dengizi tomon raketa uchirilgan. Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, u dengizga qulagan. Raketa tushgan hudud Tokio dengiz chegaralari va alohida iqtisodiy zonalaridan tashqarida bo‘lgan.
Hozirda Yaponiya mudofaa vazirligi ushbu sinov haqida to‘liqroq maʼlumot olish maqsadida maʼlumotlar yig‘ish va tahlil qilishni boshlagan. Shu bilan birga mudofaa vaziri Nobuo Kisi raketa hech qanday moddiy zararga sabab bo‘lmaganini maʼlum qildi.
Avvalroq Shimoliy Koreyada 11 kun kulish taqiqlangani xabar qilingandi.


