1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangi yildan mobil aloqaga aksiz solig‘i bekor qilinadi

Bu haqida Prezident boshchiligidagi yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Yangi yildan mobil aloqaga aksiz solig‘i bekor qilinadi

Yangi yildan O‘zbekistonda mobil aloqa xizmatlari uchun 10 foizlik aksiz solig‘i bekor qilinadi. Bu haqida prezident raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy rejalar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda maʼlum qilindi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda prezidentning aksiz solig‘i stavkasini 10 foizga tushirish to‘g‘risidagi qarori chiqqan edi. Shuningdek, 2023 yildan boshlab aksiz solig‘i to‘liq bekor qilinishi aytilgan edi. Biroq bunday bo‘lmadi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yilga mo‘ljallangan byudjetnomada mobil aloqa uchun aksiz solig‘i bekor qilinishini maʼlum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика