1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangi yilning ilk kunida O‘zbekistonda 1 094 chaqaloq tug‘ildi

Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘onada, eng kam tug'ilgan Sirdaryoda qayd etildi.

Yangi yilning ilk kunida O‘zbekistonda 1 094 chaqaloq tug‘ildi

2026-yil 1-yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 1 094 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Tug‘ilgan chaqaloqlarning 539 nafari o‘g‘il, 555 nafari qiz farzand bo‘lgan.

 

Hududlar kesimida eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida qayd etilgan (138 nafar). Keyingi o‘rinlarni esa Surxondaryo (135 nafar), Samarqand (125 nafar), Qashqadaryo (121 nafar) va Namangan (110 nafar) viloyatlari egallagan. Eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo viloyatida (19 nafar) kuzatilgan.

 

Shuningdek, tug‘ilganlar orasida 17 ta egizak mavjud bo‘lib, jami 37 nafar bola: 30 nafari ikki homilalik, 3 nafari uch homilalik va 4 nafari to‘rt homilalik egizaklar sifatida dunyoga kelgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика