1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yangi Zelandiyada bola ichagidan 100 ta magnit olib tashlandi

Magnitlar 13 yoshli bolaning ichak devorlarini kesib, to‘qimalarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Yangi Zelandiyada bola ichagidan 100 ta magnit olib tashlandi

Yangi Zelandiyada 13 yoshli bola neodim magnitlarni yutib yuborgani oqibatida og‘ir jarrohlik amaliyoti o‘tkazdi. Tibbiy tekshiruvlar davomida bolaning ichagidan qariyb 100 ta magnit chiqarib olindi.

 

Ma’lum qilinishicha, o‘smir ushbu magnitlarni internet orqali sotib olgan. Tibbiy ko‘rikda magnitlarning ichak devorini kesib o‘tganligi, ayrim qismlarda to‘qimalar nobud bo‘lganligi aniqlangan. Shifokorlar besh soatdan ortiq davom etgan murakkab jarrohlik amaliyoti orqali bolaning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishgan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bunday magnitlar Yangi Zelandiyada 2013-yildan beri savdoga chiqarilishi taqiqlangan. Shunga qaramay, o‘smir ularni onlayn platforma orqali sotib olgani aniqlangan. Savdo kompaniyasi mazkur holat yuzasidan ichki tekshiruv boshlaganini bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика