1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Yangihayot tumanida kuchli yong‘in sodir bo'ldi

Ayni vaqtda vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Yangihayot tumanida kuchli yong‘in sodir bo'ldi

 

Bugun, 24-avgust kuni soat 09:41da Toshkent shahar, Yangihayot tumani, “Yangi Darxon” MFY Yangi Darxon ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish sexlarining biri omborxonasida yong‘in sodir bo‘ldi.

 

Toshkent shahar FVB xabariga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 09:48 da yetib borib, yong‘in qurshab olingan. Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

“Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

 

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari — shtab boshlig‘i polkovnik S.Zuparov va Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda xodimlari, hamkorlikdagi xizmatlar yetib borgan”, - deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика