1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangihayotda ichida yosh qizaloq bo‘lgan lift qulab tushgani rostmi?

Tuman hokimligi vaziyatga aniqlik kiritdi.

Yangihayotda ichida yosh qizaloq bo‘lgan lift qulab tushgani rostmi?

 

"Bugun ijtimoiy tarmoqlardan birida tumanimizdagi "Yangi darxon" mahallasi, 18-uydagi liftda elektr toki uzilgani, natijada liftning tormozi ishlamay pastga qulagani, ichida yosh qizaloq bo‘lgani haqida ma’lumot tarqaldi. Holat bo‘yicha tuman hokimi, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi, sanoat xavfsizligi va barcha mas’ullar o‘rganish ishlarini olib borishdi. Sanoat xavfsizligi xodimlari tomonidan vaziyatga aniqlik kiritilganda, lift elektr ta’minotidan uzilgan vaqtda generator ishga tushgani va qiz pastki qavatga xavfsiz tushgani ma’lum bo‘ldi. Mas’ullar qiz va uning oilasi bilan suxbatlashishdi. Qizning axvoli yaxshi va kayfiyati ijobiy", - deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика