1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangiyo‘l tumanida “Toshkent–Dushanbe” avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘ldi

“XCMG” yuk mashinasi “Isuzu” rusumli avtobusga urilishi oqibatida ikki nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Yangiyo‘l tumanida “Toshkent–Dushanbe” avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘ldi

 


Bugun, 13-dekabr kuni soat taxminan 16:30 atrofida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tuvchi M-34 “Toshkent–Dushanbe” avtomobil yo‘lining 10-kilometrida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1984-yilda tug‘ilgan haydovchi “Yangiyo‘l–Toshkent” yo‘nalishida “XCMG” rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan, 1980-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobusning orqa yon qismiga urilgan.


Hodisa oqibatida avtobusda bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchiga tuman tibbiyot birlashmasida zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi, ularning holati hozirda yaxshi deb baholanmoqda. Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика