Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqida viloyat IIBB YHXB maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 13 iyul kuni 14:30 larda Yangiyo‘l — Toshkent yo‘nalishida Damas haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan Gentra avtomobilining orqa qismiga borib urilib, ag‘darilib ketgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida Damas avtomobilining bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


