Ijtimoiy tarmoqda Termiz—Toshkent avtomobil yo‘lining Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan qismida dahshatli avtohalokat sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIBB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.
Hodisa bugun, 2-sentabr kuni soat 12:00 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan M-39 Almati–Bishkek–Toshkent–Shahrisabz–Termiz avtomobil yo‘lining 829-kilometrida yuz bergan.
Bekobod tumanida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan haydovchi S.D. Neksiya–2 avtomobilida o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 1984-yilda tug‘ilgan Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi B.X. boshqaruvidagi Neksiya–3 avtomobili bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan. Shundan so‘ng transport vositalari yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan.
To‘qnashuv oqibatida ikkala avtomobil haydovchilariga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tuman markaziy shifoxonasiga olib ketilgan.


