1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangiyo‘lda itlarni go‘shti uchun o‘ldirgan fuqaro qamoqqa olindi

Holat yuzasidan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, tergovga qadar tekshiruv boshlangan.

Yangiyo‘lda itlarni go‘shti uchun o‘ldirgan fuqaro qamoqqa olindi

 

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi fuqaro itlarni go‘shti uchun o‘ldirib kelgani aniqlanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlandi. Avvalroq ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, jamoatchilikda keskin munozaralarga sabab bo‘lgan edi. Holat yuzasidan viloyat IIBB munosabat bildirdi.

 

Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 2025-yil sentyabr oyida Yangiyo‘l shahri “Sabo” mahallasida sodir etilgan. 27 yoshli fuqaro o‘ziga tegishli itni qasddan o‘ldirgani aniqlangan.

 

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi asosida hujjatlar rasmiylashtirilgan. U ushlangan bo‘lib, dastlabki tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tilishicha, amaldagi qonunchilikka ko‘ra hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat uchun 1,2 million so‘mdan 2 million so‘mgacha jarima belgilangan. Agar bunday holat takror sodir etilsa, jarima miqdori 20 million so‘mgacha yetishi yoki 6 oygacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика