1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangiyo‘lda Mazda yonib ketdi

Yong‘in avtomobilning dvigatel va salon qismida kelib chiqqan.

Yangiyo‘lda Mazda yonib ketdi

 

Kecha Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida mashina yonib ketdi. Bu haqida viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, soat 10:30 larda tuman hududidan o‘tuvchi M-39 “Toshkent-Termiz” xalqaro avtomobil yo‘lining 828 kilometrida harakatlanib ketayotgan 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi U.S. boshqaruvidagi Mazda 6 rusumli avtomobilning dvigatel va salon qismida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in oqibatida harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan, transport vositasi texnik shikastlangan.

 

Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика