Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani “Saxovat” mahallasida faoliyat yuritgan g‘isht zavodi chang-gaz tozalash uskunalarisiz, hatto mo‘r quvurisiz ishlab kelayotgani aniqlangandi.
Reydda aniqlanishicha, zavodda yoqilg‘i sifatida kesilgan daraxtlar va avtomobil shinalari yoqilgan, hududga esa noqonuniy chiqindilar tashlab kelingan.
Atmosferaga katta zarar yetkazayotgan korxona faoliyati darhol to‘liq to‘xtatildi.
Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda. Natijalarga ko‘ra, qonunchilikka muvofiq qatʼiy choralar ko‘riladi.


