1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yaponiya Afg‘onistonga 106 mln dollarlik yordam ajratdi

Mamlakat BMT Xavfsizlik Kengashida Afg‘onistonni qo‘llashini bildirgan.

Yaponiya Afg‘onistonga 106 mln dollarlik yordam ajratdi

 

Tolibon tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaki Yaponiya hukumatiga o‘z mamlakatiga ko‘rsatgan 100 million dollardan ortiq yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.

 

Tashqi ishlar vaziri Muttaki Kobulda Yaponiya elchisi bilan uchrashuvda 106 million dollarlik yordam va ijobiy diplomatik aloqalari uchun minnatdorchilik bildirgan va buni xalqaro hamjamiyat uchun “yo‘l xaritasi” deb atagan.

 

Elchi Okada Takeshining taʼkidlashicha, Yaponiya katta ehtimol bilan kelasi yili BMT Xavfsizlik Kengashi aʼzosi sifatidagi vazifalarini bajarishga kirishadi va BMTning ushbu organida Afg‘onistonga nisbatan ijobiy rol o‘ynashga harakat qiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya elchixonasi oktyabr oyida Kobuldagi faoliyatini qayta boshlagani xabar qilingandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика