1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yaponiya bosh vaziri NATO sammitida qatnashmoqchi

Alyansning navbatdagi yig‘ilishi Madridda bo‘lib o‘tadi.

Yaponiya bosh vaziri NATO sammitida qatnashmoqchi

 

Fumio Kisida NATO sammitida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda NHK telekanali o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

 

Shu tariqa Kisida Shimoliy Atlantika bloki sammitiga tashrif buyurgan ilk Yaponiya bosh vaziriga aylanadi. U muzokaralar davomida Ukraina, KXDR, Xitoy atrofidagi vaziyatni muhokama qiladi va Yaponiyaning o‘z mudofaa salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha ishlarini ochiqlaydi.

 

NATOning oliy darajadagi uchrashuvi 28-30 iyun kunlari Madridda bo‘lib o‘tadi. Unda alyansning yangi strategik konsepsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.

 

Avvalroq NATO Ukraina nizosida ishtirok etmasligi maʼlum qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика