Yaponiya muhandislari internet tezligi borasida misli ko‘rilmagan yutuqqa erishdi. Ular 1808 kilometr masofaga 19 kanalli optik tolali kabel orqali soniyasiga 1 million gigabit tezlikda ma’lumot uzatishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu ko‘rsatkich internet uzatish tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi sifatida qayd etildi.
Ushbu ultra-tezkor aloqaning imkoniyatlari juda keng: bir soniyada 10 000 ta 4K formatdagi filmni yuklab olish mumkin. Bu texnologiya nafaqat oddiy foydalanuvchilar, balki sun’iy intellekt, ilmiy hisob-kitoblar va kvant hisoblash tizimlari uchun ham katta yutuq bo‘lishi kutilmoqda.
Ekspertlar fikricha, bu kabi texnologik siljishlar kelajakda internet infratuzilmasini tubdan o‘zgartiradi va global ma’lumot almashinuvi sifatini keskin oshiradi.


