Yaponiya hukumati Ukraina hududida sodir bo‘layotgan voqealar yuzasidan Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudga murojaat qildi. Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda aytildi.
"Rossiyaning Ukraina hududidagi harbiy harakatlari mintaqadagi status-kvoni kuch bilan oʻzgartirishga urinishdir, ular jahon tartibi asoslariga putur yetkazadi. Bunday harakatlar xalqaro huquqning mutlaqo qabul qilib boʻlmaydigan buzilishi hisoblanadi. Shu munosabat bilan biz Ukrainadagi vaziyat boʻyicha XJSga tergovni qoʻllab-quvvatlashimizni koʻrsatish uchun murojaat qildik", — deyiladi vazirlik bayonotida.
3-mart kuni Xaqaro jinoiy sudi prokuraturasi Ukraina hududida sodir etilgan ehtimoliy jinoyatlarni tekshirishga kirishgan edi.


