1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yaponiya Rossiya va Belarusga yangi sanksiyalar joriy etdi

Unda sotish taqiqlangan tovarlar ro‘yxati keltirilgan.

Yaponiya Rossiya va Belarusga yangi sanksiyalar joriy etdi

 

Yaponiya Rossiya va Belarusga 300 turdagi yuqori texnologiyalar va tovarlar sotishni taqiqladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Taqiqlar 18-martdan boshlab kuchga kiradi. Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi Moskvaga sotish man etilgan 266 tovar va 26 texnologiya ro‘yxatini shakllantirgan.

 

Xususan, endilikda Moskva yapon yarim o‘tkazgichlari, aloqa va neftni qayta ishlash uskunalar kabi tovarlarni xarid qila olmaydi. Bundan tashqari, endilikda Rossiya va Belarusga mikrochiplar tayyorlash uchun uskunalarning dasturiy taʼminoti ham yetkazib berilmaydi. Shuningdek, Yaponiya Moskva va Minskning 50 dan ortiq harbiy tashkilotlari bilan hamkorligini to‘xtatadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaga qarshi sanksiyalar butun dunyoga tasʼir o‘tkazishi maʼlum qilingandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика